Elektr va magnit kattaliklarini o‘lchash bo‘limi

Elektr va magnit kattaliklarni o‘lchash vositalari ustidan davlat metrologik nazorati bo‘limining asosiy yo‘nalishlari: o‘lchash vositalarini (O‘V) qiyoslash, kalibrlash, turini tasdiqlash maqsadida sinovdan o‘tkazish, metrologik ekspertiza, sinov asbob-uskunalari hamda o‘lchashlarni bajarish usuliyatlarini attestatlash faoliyatini amalga oshiradi.

Elektr energiya hisoblagichlari, tok va kuchlanish transformatorlarini qiyoslash laboratoriyasi

Bo‘lim quyidagi namunaviy asbob-uskunalarga ega bo‘lib, namunaviy o‘lchash vositalarini metrologik attestatlash va qiyoslash bo‘yicha quyida keltirilgan ishlarni bajarishi mumkin:

“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” Elektr va magnit kattaliklarini o‘lchash bo‘limida elektrotexnika sanoati va xalq xo‘jaligida keng qo‘llaniluvchi elektr o‘lchash uskunalarini kalibrlash va qiyoslash imkoniyatlariga ega yangi laboratoriya mavjud.

Mazkur laboratoriyada malakali mutaxassislar mexnat faoliyatini olib borishmoqda. Mutaxassisilar chet elda metrologiya institutlarida jumladan Turkiya, Belorusiya Moldava kabi mamlakatlarda o‘z malakalarini oshirib kelishgan.

Yangi laboratoriya bir qator zamonaviy, namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.

Ushbu laboratoriyaning texnik imkoniyatlari  1 oyda 1000 donadan ortiq elektr o‘lchash vositalarini  masalan, kalibratorlar, ommetrlar, ishchi multimetrlar, qarshilik magazinlari, sig‘im va induktivlik o‘lchash vositalari metrologik tekshirivdan o‘tkazish imkoniyati mavjud.

Aktiv energiya bo‘yicha 0,1 va reaktiv energiya bo‘yicha 0,5 aniqlik klassidagi bir fazali va uch fazali istalgan turdagi elektr energiya elektron hisoblagichlari: namunaviy etalon hisoblagich – 0,02 aniqlik klassidagi CE6801 vattmetr yordamida MK6801 namunaviy uskunada qiyoslanadi. Shuningdek aktiv energiya uchun 0,5 va undan past aniqlik klassidagi hamda reaktiv energiya uchun 1,0 va undan past aniqlik klassidagi induksion va elektron bir fazali va uch fazali istalgan turdagi elektr energiya hisoblagichlarini o‘rnatilgan joyida ko‘chma etalon hisoblagich – 0,1 aniqlik klassidagi ЦЭ6815 vattmetr yordamida qiyoslash imkoni mavjud.

1000 A 0,05 gacha aniqlik klassidagi tok transformatorlari И-512 namunaviy tok transformatori, K535 komparatori va OMICRON (Avstriya) firmasining СT Analyzer yordamida qiyoslanadi.

Aholiga va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlar sifatini yaxshilash va elektr energiyasini hisobga olish priborlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish ishlarini tashkillashtirish maqsadida O‘zMMI DM tomonidan Volkswagen Caddy avtomobil bazasida Energomonitor 3.1KM, OMICRON CT Analayser, VATANO 100 kabi na’munaviy qiyoslash qurilmalar bilan jixozlangan ko‘chma laboratoriya tashkil qilindi. Ushbu ko‘chma laboratoriya yordamida iste’molchilarga o‘rnatilgan barcha turdagi 1 va 3 fazali elektr xisoblagichlarni, yuqori kuchlanishli tok transformatorlarni elektr tizimidan uzmasdan qiyoslash ishlarini amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Hozirda OMICRON (Avstriya) firmasining VOTANO 100 namunaviy o‘lchash vositasi sotib olindi. VOTANO 100 sotib olinganligi tufayli 800 kV gacha 0,1 va undan past aniqlik klassidagi kuchlanish transformatorlarini qiyoslash imkoni paydo bo‘ldi.

Volkswagen Caddy” avtomobili bazasida tashkil qilingan va namunaviy O‘V: 0,005 aniqlik klassidagi K535 uskunasi; 4,0 aniqlik klassidagi Р5018/1 qarshilik magazini; 0,2 aniqlik klassidagi И509 tok transformatori; III razryadli MG-6800 tok va kuchlanish bloki; 0,1 aniqlik klassidagi ЦЭ6815 etalon hisoblagichlar bilan jihozlangan ko‘chma laboratoriya yordamida bo‘lim katta vazn (massa) va yirik gabaritlarga (o‘lcham) ega bo‘lgan yuqori voltli tok va kuchlanish transformatorlarini foydalanish joyida qiyoslash imkoniga ega.

Induktivlik va sig‘im, tok va kuchlanish transformatorlarini qiyoslash laboratoriyasi

Laboratoriya 0,2 ÷ 0,5 aniqlik klassidagi analog ampermetrlar, voltmetrlar, vattmetrlar va varmetrlarni o‘lchash vositalarini 750 (1000) V, 10 A gacha o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokda qiyoslash ishlarini amalga oshiradi.

I razryadli namunaviy kichik sig‘im o‘lchovlari va MS-4002 namunaviy komparator yordamida 1.10-3 ÷ 10 pF diapazonda II va III razryadli KME-11 kichik sig‘im o‘lchovlarini attestatlash va qiyoslash. 1.10-7 ÷ 1.10-2 pF sig‘imni komparatsiya qilish, 1.10-8 ÷ 1.10-2 yo‘qotish burchagi tangensining chegaralari. Sig‘im bo‘yicha joiz asosiy xatolik chegaralari ± (0,005 ±1.10-4/Snom. pF)% dan ko‘p emas.

Shuningdek 10-3 dan 105 Ω gacha diapazondagi R310, R321, R331 namunaviy elektr qarshilik o‘lchovlari, 1015 Ω gacha rezistorlar to‘plami ham mavjud. UMIS uskunasida I razryadli elektr qarshilik o‘lchovlari bilan qiyoslanadi. III razryadli 104 dan 109 Ω gacha diapazondagi yuqoriomli elektr qarshilik o‘lchovlari.

 O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok, elektr va magnit kattaliklar kuchlanishini raqamli o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi

Laboratoriya 0,001 dan boshlangan va undan past aniqlik klassidagi raqamli ampermetrlar, voltmetrlar, vattmetrlar, multimetrlar, kalibratorlar, ommetrlar, komparatorlarni o‘lchash vositalarini 750 (1000) V gacha, 10 A o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokda qiyoslash ishlarini amalga oshiradi.

 Potensiometrlar, qarshilik magazinlari va o‘zgarmas tok ko‘priklarini qiyoslash laboratoriyasi

III razryaddagi yuqoriomli elektr qarshilik o‘lchovlari 104 dan 109 Ω gacha diapazonda II razryaddagi elektr qarshilik o‘lchovlari bilan U401 uskunasida 0,005 aniqlik klassidagi Щ31 turdagi raqamli voltmetr yordamida qiyoslanadi.

Birlik etalonlari va yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini xarid qilish va hosil qilish uchun xalqaro ekspertlar bilan ishlash, dunyo miqyosida metrologiya sohasida ko‘plab yillardan beri faoliyat yuritayotgan ishlab chiqaruvchilar bilan aloqa o‘rnatish, hamda doimiy muloqot olib borish.

 

Manzil: Toshkent sh. Farobiy ko‘ch. 333A tel. 78 150-26-07, 71 202-00-11 (1207)