Natijalar raqamlarda

Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida 2023-yilda amalga oshirilgan eng asosiy 10 ta natijalar:

1. Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish faoliyatining xususiy sektor tomonidan ham amalga oshirilishini taʼminlashga qaratilgan “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqidagi Qonuni qabul qilindi;
2. Respublikada aniq vaqt xizmatini tashkil qilish maqsadida vaqt va chastota (GLONASS va GPS) etalonini ishga tushirish va “davlat aniq vaqt – UTC Uz” xizmatini joriy qilish boʻyicha hukumat qaror loyihasini ishlab chiqildi;
3. Metrologiya sohasini rivojlantirishning uzoq muddatli ustuvor masalalari, maqsadlari va vazifalari tizimini oʻz ichiga olgan 2024-2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi oʻlchashlar yagona birlikda boʻlishini taʼminlash tizimini rivojlantirish “Strategiya” loyihasi ishlab chiqildi;
4. Etalonlar moddiy-texnik bazasini takomillashtirish maqsadida vaqt va chastota etaloni ishga tushirilishi hamda tebranish (vibratsiya) etaloni keltirilishi natijasida etalonlar bazasi 25 taga yetkazildi.
Maʼlumot uchun: Vaqt va chastota etalon yordamida Oʻzbekistonning milliy vaqt (UTC UZ) shkalasi hosil qilindi va mamlakatda aniq vaqt signallari NTP serverlar orqali uzatilmoqda.
Xalqaro oʻlchovlar va tarozilar byurosining (BIPM) Xalqaro atom vaqti (TAI) guruhi aʼzoligiga qabul qilinish maqsadida muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC)ni shakllantirishda sinov shaklida aniq vaqt signallari ilk marotaba yuborildi;
5. Joylardagi ishlab chiqaruvchilarga yanada qulaylik yaratish va kalibrlash xizmatlar qamrovini kengaytirish maqsadida qoʻshimcha 5 ta hududiy filiallarda (Bekobod, Qoʻqon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax) kalibrlash laboratoriyalari tashkil etilib, jami 11 ta hududiy filiallarda kalibrash xizmati yoʻlga qoʻyildi;
6. Kalibrlash laboratoriyalarda ISO/IEC 17025 xalqaro standartga asosan joriy etilgan sifat tizimini KOOMET tashkilotining 9 nafar xalqaro ekspertlari tomonidan 6 ta yoʻnalishda baholash auditi oʻtkazilib, ijobiy xulosa olindi.
Shuningdek, KOOMET “Sifat forumi”, “Axborot va taʼlim”, “Qonunlashtiruvchi metrologiya” va “Fotometriya va radiometriya” Texnik qoʻmitalarining yigʻilishlari ilk bor Toshkent shahrida oʻtkazildi;
7. Xizmatlar eksporti geografiyasi yanada kengaytirilib Ozarbayjon milliy metrologiya institutining 6 dona yuqori aniqlikdagi uskunalari kalibrlandi hamda Tojikiston Respublikasi “Tojikstandart” agentligining 4 nafar xodimlari OʻzMMIda malaka oshirishdi;
8. Germaniyaning Fizika texnika instituti (RTV) bilan “Milliy sifat infratuzilmasini isloh qilishni qoʻllab-quvvatlash” ikki tomonlama loyihasi doirasida ekspertlar guruhi ishtirokida uchrashuv va trening oʻtkazildi;
9. Xodimlarning malakasini oshirish hamda ilmiy salohiyatni kengaytirish boʻyicha institutning 54 nafar xodimi Turkiya, Germaniya, Italiya, Moldova, Belarus, Koreya, Avstriya, Janubiy Afrika, Rossiya, Vengriya, Latviya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikistonning yetakchi metrologiya institutlarida oʻquv kurs hamda semnar-treninglar orqali malaka oshirdi.
Qoʻshimcha ravishda, Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish boʻyicha oʻtkazilgan tanlovda 7 nafar (jami gʻoliblar soni 46 nafar) institutning xodimi gʻolib deb topildi;
10. Sohada ilm va innovatsiyalarni rivojlantirish maqsadida ilmiy-texnik faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida umumiy qiymati 3,7 mlrd soʻm boʻlgan jami 3 ta (kimyo, energetika sohalari) innovatsion loyihalar boʻyicha ishlar amalga oshirilib, qiymati 10,2 mlrd. soʻmlik 7 ta yangi loyihalar Innovatsion rivojlanish agentligiga taqdim etildi.