KOʻP BERILADIGAN SAVOLLAR

1. Elektr hisoblagichni qiyoslashdan oʻtkazish va qayta oʻrnatish qaysi meʼyoriy hujjat bilan tartibga solingan?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 698-sonli qaroriga muvofiq elektr hisoblagichlarni yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va qayta oʻrnatish jarayonlari tartibga solingan.

 

2. Gaz hisoblagichimning qiyoslash muddati tugamoqda, gaz hisoblagichini yechish uchun qayerga murojaat qilishim kerak?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 698-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 2-bandiga muvofiq hududiy gaz taʼminoti tashkilotlari – hisobga olish uskunalarini yechish va oʻrnatishni, yechilgan hisobga olish uskunalarini “Oʻzstandart” agentligining davlat metrologiya xizmati organlarida qiyoslashdan oʻtkazishga taqdim etish ishlarini amalga oshirilishini taʼminlaydi.

Bundan tashqari, ushbu reglamentning 10 bandiga asosan talabgorlar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish mumkin.

 

3. Gaz hisoblagichni qiyoslashdan oʻtkazish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 698-sonli qarori bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentning 11-bandiga asosan talabgor oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi talabgor nomidan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.

 

4. Qanday xollarda maishiy hisoblagichlar qiyoslashdan oʻtkazish uchun qabul qilinmaydi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 698-sonli qaroriga asosan taʼminotchi korxonalar tomonidan hisobga olish uskunalari yechilmagan hollarda metrologik qiyoslashdan oʻtkazish uchun qabul qilinmaydi.

 

5. Hisoblagichlarni qiyoslash necha kunda amalga oshiriladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 698-sonli qaroriga asosan hisoblagichlar hududiy taʼminotchi korxonalar vakillaridan qabul qilib olinganidan soʻng 3 ish kuni ichida metrologiya xizmati tomonidan qiyoslashdan oʻtkaziladi.

 

6. Hisoblagichlar qiyoslashdan oʻtkazilgandan soʻng, uni oʻrnatish va plombalash taʼminotchi korxonalar xodimlari tomonidan necha kun ichida amalga oshiriladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 698-sonli qaroriga asosan hisoblagichlar qiyoslashdan oʻtkazilgandan keyin 3 ish kuni ichida talabgor bilan kelishilgan vaqtda talabgor ishtirokida dalolatnoma tuzilgan holda oʻrnatiladi va tamgʻalanadi.

 

7. Isteʼmolchilar qanday hisobga olish uskunalaridan foydalanishlari mumkin?

Isteʼmolchilar tomonidan foydalanilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan hisobga olish uskunalaridan foydalanishlari mumkin.

 

8. Isteʼmolchilar tomonidan foydalanilayotgan hisobga olish uskunalari uchun qanday qiyoslash turlari mavjud?

davriy qiyoslashdan – hisobga olish uskunalarini qiyoslashlararo interval muddati tugaganda;

navbatdan tashqari qiyoslashdan – hisobga olish uskunalarining qiyoslashdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi plombasi shikastlanganda yoki qayta sozlash ishlarini oʻtkazish zarurati vujudga kelganda;

ekspert qiyoslashdan – hisobga olish uskunalarining sozligi yoki ularning qoʻllashga yaroqliligi, metrologik tavsiflari boʻyicha munozarali savollar tugʻilganda oʻtkaziladi.

 

9. Hisobga olish uskunalarining qiyoslashlararo interval muddati necha yilni tashkil etadi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 698-sonli qaroriga asosan Hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:

jismoniy shaxslar uchun — 8 yil;

yuridik shaxslar uchun — 4 yilni tashkil etadi.

Hisobga olish uskunalariga 2019-yil 1-noyabrga qadar rasmiylashtirilgan qiyoslash sertifikatlarining amal qilish muddati oʻz kuchida qoladi.

 

10. Maishiy elektr hisoblagichlari qaysi xollarda tamirlashga topshiriladi?

Qiyoslashdan oʻtkazish natijalariga koʻra hisobga olish uskunasi keyinchalik foydalanishga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, davlat metrologiya xizmati organi xodimi vakolatli xodimga hisobga olish uskunasi foydalanishga yaroqsizligi haqida xabarnoma beradi. Davlat metrologiya xizmati organi xodimi tomonidan berilgan xabarnomaga asosan hisobga olish uskunasini taʼmirlash mumkin boʻlsa, vakolatli xodim isteʼmolchini bu haqda xabardor qiladi va uni shartnoma asosida taʼmirlash tashkilotiga topshiradi. Hisobga olish uskunasi taʼmirlangandan soʻng, u taʼmirlaganligi haqida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va uning bir nusxasi vakolatli xodimga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, taʼmirlash tashkilotida qoldiriladi.

Hisobga olish uskunasi taʼmirlangandan soʻng, u vakolatli xodim tomonidan qiyoslashdan oʻtkazish uchun davlat metrologiya xizmati organiga topshirilishi shart.

 

11. Maishiy elektr hisoblagichlarning qiyoslashlararo interval muddati kuzatib borish kimning zimmasiga yuklatilgan.

Elektr taʼminoti korxonasi oʻzining maʼlumotlar bazasi orqali har bir hisobga olish uskunaning qiyoslashlararo interval muddati oʻtishini kuzatib boradi va davriy qiyoslashdan oʻtkazishning oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun javobgar hisoblanadi.

 

12. Hisobga olish uskunasi ekspert tekshiruvidan qaysi hollarda oʻtkaziladi?

Hisobga olish uskunasi ekspert qiyoslashdan taʼminotchi korxona va isteʼmolchi orasida munozarali vaziyatlar uchraganda amalga oshiriladi. Hisobga olish uskunasi ekspert tekshiruvidan surishtiruv, tergov, prokuratura organlari yoxud sudning qarori (ajrimi) ga asosan oʻtkazilishi mumkin.

 

13. Isteʼmolchining hisobga olish uskunasini yechib olish va qayta oʻrnatish kim tomonidan amalga oshiriladi.

Isteʼmolchining hisobga olish priborini yechib olish (demontaj qilish), qiyoslashdan oʻtgan hisobga olish priborini isteʼmolchiga yetkazib berish, hisobga olish priborini joyiga oʻrnatish (montaj qilish) taʼminotchi korxonasi vakolatli xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

14. Hisobga olish uskunasi qiyoslashdan oʻtkazish ishlari jami necha kunni tashkil etadi?

Hisobga olish uskunasini qiyoslashdan oʻtkazish ishlari 15 ish kuni ichida yakunlanishi lozim.

 

15. Savdo-sotiqda qoʻllaniladigan tosh va tarozilar tekshiruvdan oʻtkazilib turiladimi?

Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida” gi qonunining 14, 17-moddalariga asosan savdo-sotiqda qoʻllaniladigan tosh va tarozilar 1 yilda 1 marotaba davlat metrologiya xizmati tomonidan tekshiruvdan oʻtkazilib turiladi.

 

16. Prujinali osma tarozidan savdo-sotiqda foydalanilishi mumkinmi?

GOST 27735-94 meʼyoriy hujjatga asosan bu tarozilar faqat uy sharoitida foydalanish uchun moʻljallangan boʻlib, savdo-sotiqda bunday tarozilardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

17. Men oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi kichik korxona ochmoqchiman. Korxonamga ishlab chiqarishda qoʻllash uchun qanday turdagi tarozilarni sotib olishim mumkin?

Sizga faqat oʻlchash vositalarining davlat reyestriga kiritilgan tarozilardan foydalanishga ruxsat etiladi. Mazkur tarozilar Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida” gi qonunining 14, 17-moddalariga asosan 1 yilda 1 marotaba davlat metrologiya xizmati tomonidan tekshiruvdan oʻtkazilib turiladi.

 

18. Zargarlik faoliyati bilan shugʻullanishda qaysi turdagi tarozilardan foydalanish tavsiya etiladi?

Qimmatbaho metallar massasini oʻlchash yuqori aniqlikni talab etishini inobatga olgan holda GOST 24104-2001 davlatlararo standartiga asosan maxsus klassli laboratoriya tarozilaridan foydalanishga ruxsat etiladi.

 

19. Men mahsulot sotib olish mobaynida tarozilarning toʻgʻri ishlayotganligiga qanday ishonch hosil qilishim mumkin?

Siz Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” gi qonuning 8-moddasiga asosan savdo-sotiqda qoʻllanilayotgan tarozilarning qiyoslash sertifikatini soʻrash huquqiga toʻliq egasiz.

 

20. Tadbirkorlar oʻziga tegishli tarozilarni davlat tekshiruvidan oʻtkazish uchun qaysi davlat organlariga murojaat qilishlari kerak?

Tarozilarning davlat tekshiruvi “Oʻzbekiston Milliy Metrologiya Instituti” Davlat Korxonasi va uning hududiy metrologik xizmat idoralari tomonidan amalga oshiriladi.

 

21. Tarozi va tarozi toshlarining davlat tekshiruvidan oʻtkazilishi muddati qaysi hujjatda belgilab qoʻyilgan?

Tarozi va tarozi toshlarining davlat tekshiruvidan oʻtkazilishi muddatlari “Oʻzstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi “Metrologiya toʻgʻrisida” gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, majburiy davlat qiyoslovidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan va ularning davriyligi belgilangan namunaviy va ishchi oʻlchash vositalarining Nomlar roʻyxatiga asosan belgilangan. Bu roʻyxat 2019-yil 30-iyulda 3174 -tartib raqami bilan adliya vazirligida roʻyxatga olingan.

 

22. Yuk transporti vositalari tarozilarning xatoligi boʻyicha meʼyorlar qaysi hujjatda belgilangan?

Yuk tarnsport vositalarining xatoliklari GOST 29329-92 davlatlararo standartiga asosan qiyoslash boʻlinmasi qiymatining bir baravaridan uch baravarigacha boʻlishi mumkin.