Davlat sinovlarini o‘tkazish, metrologik ekspertiza qilish, laboratoriyalararo solishtirish, nazariy metrologiya va innovatsiya ilmiy tadqiqot bo‘limi

Bolimning asosiy vazifalari:

    • O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlar birliligi va o‘lchash natijalari ishonchliligini ta`minlash;
    • O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilgan o‘lchashlar va sinovlar natijalarini chet davlatlarda e’tirof etilishiga ko‘maklashish;
    • xorijiy hamkorlar va kompaniyalar bilan shartnoma, bitimlar tuzish va amalga oshirish;
    • standart namunalarni ishlab chiqish, attestatlash va qo‘llash maqsadida hujjatlar to‘plamini metrologik ekspertizadan o‘tkazish;
    • o‘lchashlarni bajarish uslubiyatlarini ishlab chiqish, tekshirish, attestatlash va qonunlashtirishda nazariy va amaliy (sanoatga oid) metrologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-usuliy va tashkiliy ishlar o’tkazish;

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida metrologik faoliyatning yo‘nalishlarini rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida, bo‘lim tomonidan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

davlat metrologiya xizmati organlari va yuridik shaxs metrologik xizmatlarining faoliyatiga ilmiy-usuliy rahbarlik qilish;

        • o‘lchashlar birliligini ta’minlash sohasi va qo’shni sohalarda asosiy standartlashtirish yo‘nalishlarini shakllantirish;
        • o‘lchashlar birliligini ta’minlash sohasi va qo‘shni sohalarda me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
        • o‘lchash vositalari turini tasdiqlash maqsdida davlat sinovlarini o‘tkazish ishlarini tashkillashtirish;
        • chet davlatlarda ishlab chiqarilgan o‘lchash vositalari turini tasdiqlash maqsadida taqdim etilgan hujjatlar to‘plamini metrologik ekspertizasini o‘tkazish;
        • o‘lchash vositalari, standart namunalari va o‘lchashlarni bajarish uslubiyatlarini metrologik tekshiruv natijalarini e’tirof etish jarayonlarini o‘tkazish va davlat reestriga kiritishga tayyorlash;
        • o‘lchashlarni yagona birlikda bo‘lishini ta`minlash sohasidagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish ishlarini tashkillashtirish va metrologik ekspertizadan o‘tkazish;

Shu bilan birga, import qilinayotgan o‘lchash vositalarini O‘zbekiston Respublikasida metrologik tekshiruvini amalga oshirish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, metrologik tekshiruv natijalarini e‘tirof etish ishlari amalga oshiriladi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2019 yil 04 oktyabrdagi 132-sonli buyrug‘iga asosan “O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining metrologiya bo‘yicha Ilmiy-texnik komissiya (ITK) a‘zolarining tarkibi tasdiqlangan bo‘lib ushbu bo‘lim boshlig`i metrologiya bo‘yicha ITK kotibi hisolanadi.

Shuningdek, bo‘limda innovasiya ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha ham quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

– yoshlar bilan ishlash va ularni ilmiy sohaga qiziqtirish

– O‘zbekiston Respublikasi innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan e‘lon qilingan tanlovlarda yoshlarni o‘z g‘oyalari bilan ishtirok etishini ta‘minlash;

– ilmiy maqolalar chop etish, tizimdagi yoshlarni keng jalb qilish va ish rejasiga asosan ishlarni taqsimlash;

– institut filiallarida faoliyat yurituvchi hodimlarni ilmiy ishlarga o‘rgatish hamda iqtidorli yoshlarni halqaro hamda ilmiy loyihalarga keng jalb etish;

– ilmiy dasturlarga oid halqaro grantlar, O‘zbekiston Respublikasi innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilinadigan amaliy, innovasion, fundamental hamda startup loyihalar tanloviga yoshlarni jalb qilish.

Manzil: Toshkent sh. Farobiy ko‘ch. 333A Tel: 78 129-26-10, 71 202-00-11 (1210)